Sport

«Liverpul» yana mag‘lubiyatga uchradi, «Man Siti» va «Arsenal»dan ishonchli g‘alaba

Angliya liga kubogining navbatdagi bahslari bo‘lib o‘tdi
Foto: Sports.ru

29-oktabr kuni Angliya liga kubogining navbatdagi bahslari bo‘lib o‘tdi. Oxirgi 7 o‘yinda 6 marta imkoniyatni boy bergan «Liverpul» Londonning «Kristal Pelas» klubiga 0:3 hisobida yutqazdi. Gollarga Ismaila Sarr (41, 45) va Yerimy Pino (88) mualliflik qildi.

«Manchester Siti» esa safarda «Suonsi Siti»dan ustun keldi. Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. Mezbonlardan Franku (12) hisobni ochgan bo‘lsa, «Shaharliklar» Doku (39), Marmush (77) va Sherkining (90+3) gollari bilan javob berishdi. Yakuniy hisob 1:3, Pep Gvardiola shogirdlari keyingi bosqichda.

«Volves» o‘z uyida «Chelsi»ni qabul qildi. Uchrashuv gollarga boy o‘tdi. «Bo‘rilar»ning 3 goliga Mareska boshqaruvidagi klub 4 gol bilan javob berdi. E’tiborlisi, bu bahsda ham «Aristokratlar» futbolchisi qizil kartochka oldi. Oxirgi 6 uchrashuvlardan 5 tasida «Chelsi» futbolchilari muntazam maydondan chetlatilmoqda.

Angliya liga kubogining navbatdagi bahslari bo‘lib o‘tdi
Foto: Sports.ru

Londonning yana bir jamoasi «Arsenal» uyida «Brayton»ni qabul qildi. Uchrashuvda 2:0 hisobida «To‘pchilar» g‘alaba qozondi. Gollarga Nvanere (57) va Saka (76) mualliflik qilishdi. «Nyukasl» esa Sher (24) va Voltemadening (50) gollari evaziga «Tottenhem»ni musobaqadan chiqarib yubordi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Husanov «Suonsi Siti»ga qarshi o‘ynashi mumkinligi haqida xabar bergan edi.