Najmiddin Qosimhojiyev taekvondo bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

eʼlon qilindi
74 kg vazn toifasida
Najmiddin Qosimhojiyev taekvondo bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi / Foto: Sport vazirligi

Xitoyda o‘tayotgan taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchi Najmiddin Qosimhojiyev 74 kg vazn toifasida g‘olib chiqib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Sport vazirligi ma’lum qildi.

U finalda braziliyalik Olimpiada va jahon chempionati sovrindori Edibal Pontesni yengib, O‘zbekiston erkaklar taekvondosiga 10 yillik tanaffusdan so‘ng jahon chempionligini olib keldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston para yengil atletikachilari Jahon chempionatini 12 ta medal bilan yakunlagani haqida yozgan edik.

Shuningdek