O‘zbekiston va Slovakiya banklarning kiberxavfsizlik monitoringi bo‘yicha qo‘shma markaz tashkil etishi mumkin

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Shavkat Mirziyoyev Slovakiya prezidenti Peter Pellegrini bilan muzokara o‘tkazdi
O‘zbekiston va Slovakiya bank kiberxavfsizligi va yuk tashishni kuzatish bo‘yicha qo‘shma markaz tashkil etishi mumkin
O‘zbekiston va Slovakiya bank kiberxavfsizligi va yuk tashishni kuzatish bo‘yicha qo‘shma markaz tashkil etishi mumkin. Foto: prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston va Slovakiya banklarning kiberxavfsizlik monitoringi bo‘yicha qo‘shma markaz tashkil etishi mumkin. Bu haqda 30-oktabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Slovakiya prezidenti Peter Pellegrini bilan Samarqanddagi YUNESKOning 43-sessiyasi doirasida muzokara o‘tkazdi.

Muzokarada tovar ayirboshlash hajmini oshirish, yangi sanoat loyihalarini amalga oshirish, raqamlashtirish sohasida hamkorlikni kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi. Xususan, banklarning kiberxavfsizlik monitoringi va yuk tashishlarni kuzatishning ilg‘or tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shma markaz tashkil qilish taklifi ilgari surildi.

Shuningdek, tomonlar ta’lim, turizm va mehnat migratsiyasi sohalarida hamkorlikni kengaytirish, 2026-yilda Bratislava shahrida ikki mamlakat rektorlarining birinchi forumini o‘tkazish va turizm ko‘rgazmalarini tashkil etish bo‘yicha kelishib oldi.

Avvalroq davlat rahbari 43-sessiya doirasida YUNESKO Bosh direktori Odri Azule bilan ham uchrashishi xabar qilingandi.

Shuningdek