O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov 87 yoshida vafot etdi

eʼlon qilindi
U «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan
Yoqub Ahmedov
Foto: Ochiq manba

O‘zbekiston Milliy akademik drama teatri ustoz san’atkori, O‘zbekiston xalq artisti, davlat mukofoti sovrindori, «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni sohibi Yoqub Ahmedov 87 yoshida vafot etdi.

U uzoq yillar davomida teatr, kino va dublyaj sohasida samarali ijod qilib, yuzlab obrazlarni xalq qalbiga yaqinlashtirgan. Yoqub Ahmedov O‘zbekiston san’ati rivojiga qo‘shgan hissasi, fidoyiligi va ijodiy mehnati bilan milliy madaniyat tarixida o‘chmas iz qoldirdi.

Dastlabki yillar yaratgan Ali Qushchi (Maqsud Shayxzoda, «Mirzo Ulug‘bek»), Murod (Uyg‘un, «Parvona»), Leyster (Fridrix Shiller, «Mariya Styuart») kabi rollari bilan tomoshabinlar qalbini egalladi.

Ahmedov ijodi ijtimoiy va g‘oyaviy mazmunga to‘la, ko‘p qirrali. Qahramon xatti-harakatlarini to‘g‘ri gavdalantirish bilan birga uning ruhini, tafakkur kuchini, fikr va hissiyotlar to‘lqinini, uning kayfiyatini, buyuk insoniy fazilatlarini ochishga intiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri Rustam Axmedov vafot etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek