«O‘zbekneftgaz» BAAda xalqaro sho‘ba kompaniyasini tashkil etdi

«O‘zbekneftgaz» Birlashgan Arab Amirliklarida «UNG Overseas» nomli sho‘ba korxonasini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Kompaniya faoliyati O‘zbekiston mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqish va uglevodorodlar yetkazib berishni rivojlantirishga qaratilgan.
Yangi tuzilma xalqaro moliya institutlari va investorlardan yirik energetika, sanoat hamda infratuzilma loyihalari uchun mablag‘ jalb etishni maqsad qilgan. «UNG Overseas» shuningdek, O‘zbekistonning eksport salohiyatini kengaytirish va energiya xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etadi. Kompaniya xalqaro investitsion va treyding markazi sifatida faoliyat yuritadi.
«Ushbu tashabbus jamiyat faoliyatini xalqaro maydonga olib chiqish, xorijiy sarmoyalarni jalb etish va tashqi iqtisodiy jarayonlarni samarali boshqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan strategik yo‘nalishning muhim bosqichi hisoblanadi», — deyiladi kompaniya bayonotida.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «O‘zbekneftgaz» Ai-92 benzin narxi arzonlashtirgani haqida xabar bergan edi.