
23-oktabr kuni Xiaomi kompaniyasi yangi Redmi K90 smartfonlar turkumini taqdim etdi. Redmi K90 Pro Max kutilmaganda Xiaomi 15 Ultra’dan ham yaxshiroq tugma tizimiga ega bo‘ldi.
Fransiyalik fotograf Alpert7’ning so‘zlariga ko‘ra, Redmi K90 Pro Max’dagi quvvat va ovoz tugmalari deyarli siljimasdan aniq bosiladi. U «Redmi yana Xiaomi’ni ortda qoldirdi», deya ta’kidlagan.
Redmi liniyasi menejeri Sun Tsun tushuntirishicha, yangi modelda tugmalarga maxsus antitebranish mexanizmi o‘rnatilgan. Tugma ichida yumshoq rezinadan tayyorlangan amortizatsion qoplama bor bo‘lib, bu bosish jarayonini yanada mustahkam va barqaror qiladi.
Xiaomi smartfonlar bo‘limi rahbari Lu Veybin esa avvalroq «K» seriyasi innovatsiyalarga intilishini va hatto Xiaomi flagmanlari bilan ham raqobatdan cho‘chimasligini aytgandi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Geymerlar uchun eng yaxshi Xiaomi smartfonlari haqida yozgan edi.