Toshkent maktablarida niqob taqish majburiy etilgani yuzasidan izoh berildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Hozir epidemik vaziyat barqaror
Toshkent maktablarida niqob taqish majburiy etilgani yuzasidan izoh berildi
Toshkent maktablarida niqob taqish majburiy etilgani yuzasidan izoh berildi. Foto: Yale Medicine

Ijtimoiy tarmoqlarda 30-oktabrdan boshlab Toshkentdagi maktablarda niqob taqish majburiy etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu xabarlar noto‘g‘ri talqin qilingan. Gap O‘zbekiston Bosh davlat sanitariya vrachining 2025-yil 26-sentabrdagi qarori haqida ketmoqda. Mazkur qaror har yili mavsumiy gripp va respirator kasalliklar oldidan qabul qilinadigan oddiy profilaktik hujjat bo‘lib, u faqat epidemik vaziyat og‘irlashgan taqdirda niqob taqishni tavsiya etadi.

«Hozir epidemik vaziyat barqaror, shunday ekan, maktablarda yoppasiga niqob taqish zarurati yo‘q. Agar guruhda kasallangan bolalar bo‘lsa, o‘sha bemor bilan muloqotga kirishish ehtimoli bor joylardagina niqob taqish tavsiya etiladi. Havo-tomchi yo‘li bilan yuqadigan kasalliklarda imkon qadar ijtimoiy masofa saqlash va muloqot davrida niqobda bo‘lish maqsadga muvofiq», – deyiladi xabarda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi bu qarorni barcha joylarda majburiy tarzda joriy etilayotgan deb talqin qilish noto‘g‘ri ekanini ta’kidladi.

Avvalroq maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanishi xabar qilingandi. Unga ko‘ra, kuzgi ta’til 2025-yil 4-noyabrdan boshlanadi va 9-noyabrga qadar davom etadi. II chorak dars mashg‘ulotlari esa 10-noyabrdan boshlanadi.

Shuningdek