Yangi Cobalt suratlari, Vinisiusning harakatlari, Kia Telluride 2027 va xususiy sektordagi ayollar uchun ham «dekret» — 30-oktabr kungi muhim xabarlar dayjesti


2026-yildan xususiy sektordagi ayollarga ham «dekret» pulini davlat to‘laydi
2026-yil 1-yanvardan boshlab xususiy sektorda ishlaydigan ayollar ham ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa olish huquqiga ega bo‘ladi.

Yangi Chevrolet Cobalt avtosalonlarga keldi — video, foto
UzAuto Motors 3-noyabrdan boshlab yangilangan Chevrolet Cobalt 2025 uchun shartnomalarni ochadi. Kursiv Uzbekkistan yangi modelning dizayni va texnik xususiyatlari haqida maqolasini e’lon qiladi. Kompaniya yangi versiyadagi avtomobillarning ko‘rgazma namunalari allaqachon dilerlik markazlariga yetkazib berilganini qayd etgan.

Shavkat Mirziyoyev Odri Azuleni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO) bosh direktori Odri Azuleni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Ikki mahalla aholisiga aeroport qurilishida buzilgan uy-joylar uchun kompensatsiya to‘lanadi
O‘rta Chirchiq tumanida Quyi Chirchiq tumani bilan chegarada yangi xalqaro aeroport qurilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, deya xabar berdi hokimlik. Xalxobod va Yangiyo‘l mahallalarida qurilish hududiga tushib qolgan uylar buziladi. Egalariga kompensatsiya to‘lanadi.
FIA: global avtomobil yig‘ilishi Toshkentda o‘tadi
O‘zbekiston poytaxtida Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA)ning navbatdagi Bosh assambleyasi 10 – 12 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmonov va FIA jamoatchilik bilan aloqalar direktori Jonatan Refo o‘rtasidagi uchrashuvda ma’lum qilindi.

Luvrdagi o‘g‘irlik bo‘yicha uchinchi gumonlanuvchi qo‘lga olindi
29-oktabr kuni kechqurun Parij va uning atrofida Luvr muzeyidagi o‘g‘irlik ishi bo‘yicha besh kishi qo‘lga olindi. Ularning biri «Commando du Louvre» deb atalgan guruh a’zosi bo‘lishi hamda jinoyat sodir etilgan paytda muzeyda bo‘lgani gumon qilinmoqda.

Yangi Kia Telluride 2027 ilk bor to‘liq namoyish etildi
Rasmiy taqdimotga 20 kun qolganda Kia kompaniyasi yangi avlod Kia Telluride 2027 modelining to‘liq suratlarini e’lon qildi. Avtomobil hali ham brendning kamuflyaj qoplamasida, ammo dizayn proporsiyalari va umumiy shakllari aniq ko‘ringaan.

Vinisius El-klasikodagi harakatlari uchun uzr so‘radi
«Real Madrid» va Braziliya terma jamoasi vingeri Vinisius Junior «Real» muxlislari, jamoadoshlari va klub rahbariyatidan uzr so‘radi.

YouTube videolar sifatini sun’iy intellekt yordamida oshiradi
YouTube televizor ekranlarida kontent sifatini yanada sifatli qilishga qaratilgan beshta yangi funksiyani taqdim etdi. Bu haqda videoplatforma rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.