2026-yildan Rossiyaning ko‘plab hududlarida migrantlar uchun patent narxi oshadi

eʼlon qilindi
Patent migrantlarga ma’lum hudud va sohada ishlash huquqini beradi
2026-yildan Rossiyaning ko‘plab hududlarida migrantlar uchun patent narxi oshadi
2026-yildan Rossiyaning ko‘plab hududlarida migrantlar uchun patent narxi oshadi. Foto: gorhotel.ru

2026-yil 1-yanvardan boshlab Rossiyaning bir qator hududlarida mehnat migrantlari uchun patentlar narxi oshadi. Hududiy hokimliklar yangi koeffitsiyentlarni tasdiqladi, ular orqali migrantlar to‘laydigan oylik soliq miqdori aniqlanadi.

Mahalliy hukumatlar bu o‘zgarishlar orqali mintaqa budjetlari daromadini oshirishni maqsad qilgan. Patent narxlari:

  • Tyumen viloyatida 11,5 ming rublga;
  • Kamchatka o‘lkasida 13,8 ming rublga;
  • Irkutsk viloyatida 12 ming rublga;
  • Novosibirskda 10,9 ming rublga;
  • Krasnodarda 27 ming rublga;
  • Sverdlovsk viloyatida 9,5 ming rublga;
  • Primorskiy o‘lkasida esa 13,8 ming rubl etib belgilandi.

Patent migrantlarga ma’lum hudud va sohada ishlash huquqini beradi. Hujjatni olish uchun o‘rtacha 30 ming rubl sarflash kerak bo‘ladi. Agar to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmasa, migrantlar Rossiyada yashash huquqidan mahrum qilinishi yoki deportatsiya qilinishi mumkin.

Avvalroq Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatida migrantlar uchun patent narxi oshirilishi xabar qilingandi. Bu huquq Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolangan «Rossiya Federatsiyasida xorijiy fuqarolarning huquqiy maqomi to‘g‘risida»gi federal qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarda nazarda tutilgan. Ushbu yangi tartib faqat to‘rt subyektga – Sankt-Peterburg, Leningrad viloyati, Moskva va Moskva viloyatiga taalluqli bo‘ladi.

Shuningdek