Birja orqali sotilgan mobil raqamlar soni 47 foizga oshdi

eʼlon qilindi
2025-yilning yanvar – sentabr oylarida mobilraqam.uzex.uz savdo tizimi orqali 7,4 ming mobil va qisqa raqamlar sotilgan
mobil raqam
Birja orqali sotilgan mobil raqamlar soni 47 foizga oshdi. Foto: Murod Romanov / Kursiv Uzbekistan

2025-yilning yanvar – sentabr oylarida mobilraqam.uzex.uz savdo tizimi orqali 7,4 ming mobil va qisqa raqamlar sotilgan. Bu haqda O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasidagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Joriy yilda sotilgan mobil raqamlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 47 foizga ko‘p. Ma’lum qilinishicha, mobil raqamlar bozoridagi faollik ortgani bilan bir qatorda, mobil reklama savdolari hajmi ham 800 mln so‘mni tashkil etgan.

O‘tgan davrda savdo ishtirokchilari uchun yanada qulayliklar yaratish va davlat xaridlari orqali yangi mijozlarni jalb qilish maqsadida yangi Xarid elektron davlat xaridlari mobil ilovasi ishga tushirilgandi.

Avvalroq nollardan iborat mobil raqam 850 million so‘mga sotilgani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, ushbu savdo 8-avgust kuni soat 12:16 da boshlanib, 15-avgust 12:26 da yakunlangan. Ushbu raqam +998 91 000 00 00 bo‘lib, jismoniy shaxs tomonidan xarid qilindi. Auksion jarayonida keyingi eng yaxshi taklif 900 million so‘mni tashkil qilgan. Savdoda vositachilik yig‘imi 27 million so‘m, zakalat miqdori esa 50 million so‘m bo‘lib, umumiy to‘lov summasi 77 million so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek