O‘zbekiston birjasida 3,7 tonna oltin sotildi: savdolar ikki barobar oshdi

eʼlon qilindi
Joriy yilning to‘qqiz oyi davomida birja orqali 3,7 ming tonna oltin sotilgan
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari
Birja orqali sotilgan oltin quymalar hajmi 121 foizga oshdi. Foto: Pexels.com

O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasining Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qilishicha, joriy yilning to‘qqiz oyi davomida birja orqali 3,7 tonna oltin sotilgan. Bu 2024-yilning mos davrida qayd etilgan 1,7 tonnadan 122 foizga ko‘p.

Oltin savdosining umumiy qiymati 4,9 trln so‘mni tashkil etgan. O‘tgan yilda bu ko‘rsatkich 1,6 trln so‘m edi. Shuningdek, oltinning o‘rtacha sotilish narxi 923,7 mlrd so‘mdan 1,3 trln so‘mga oshgan (bir tonna uchun), ya’ni taxminan 41 foizga qimmatlashgan.

Kumush bozorida esa pasayish kuzatildi. 2024-yilning yanvar – sentabr oylarida 302 kg kumush sotilgan bo‘lsa, 2025-yilda bu hajm 280,2 kgni tashkil etdi. Sotuv hajmi yetti foizga kamaygan, biroq o‘rtacha sotilish narxi 10,9 mlrd so‘mdan 14,5 mlrd so‘mgacha (bir tonna uchun), ya’ni taxminan 33 foizga oshgan.

Umuman olganda, 2025-yilda birja orqali amalga oshirilgan qimmatbaho metall savdolarida oltin savdosi hajm hamda qiymat bo‘yicha yetakchi bo‘ldi.

Avvalroq 2025-yilning to‘qqiz oyida mobilraqam.uzex.uz savdo tizimi orqali 7,4 ming mobil va qisqa raqamlar sotilgani xabar qilingandi. Birja orqali joriy yilda sotilgan mobil raqamlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 47 foizga ko‘p. Ma’lum qilinishicha, mobil raqamlar bozoridagi faollik ortgani bilan bir qatorda, mobil reklama savdolari hajmi ham 800 mln so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek