
Qatar mezbonlik qiladigan 17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun O‘zbekiston U-17 terma jamoasi yakuniy tarkibni e’lon qildi. Tarkibdan 21 futbolchi o‘rin olgan.
Islombek Ismoilov shogirdlari Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish uchun BAAda yig‘in o‘tkazdi. Yig‘in doirasida Venesuela, Kot-d’Ivuar va Burkina-fasolik tengqurlariga qarshi nazorat uchrashuvlari o‘tkazildi.

O‘zbekiston «J» guruhidan Paragvay, Panama va Irlandiya bilan birgalikda o‘rin olgan. Vakillarimiz musobaqadagi ishtirokini 5-noyabr kuni Paragvayga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Futbolchilarimizga Jahon chempionatida zafarlar tilaymiz.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan U-17 terma jamoamiz Venesuela bilan durang qayd etgani haqida xabar bergan edi.
