O‘zbekiston va Finlyandiya prezidentlari 1 milliard yevrolik hamkorlik loyihalarini muhokama qildi

eʼlon qilindi
Geologiya, energetika, raqamlashtirish, agrosanoat, sun’iy intellekt, ekologiya va turizm sohalarida
O‘zbekiston va Finlyandiya prezidentlari 1 milliard yevrolik hamkorlik loyihalarini muhokama qildi / Foto: President.uz

Ko‘ksaroy qarorgohida Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb bilan rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot ximati ma’lum qildi.

Suhbatda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar yo‘nalishlarda hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro savdo hajmi ortib borayotganini va biznes sherikchilik faollashganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Foto: President.uz

Muzokaralar davomida umumiy qiymati 1 mlrd yevrodan ortiq qo‘shma loyihalar portfeli shakllantirilgani ta’kidlandi. Shuningdek, Savdoni moliyalashtirish qo‘shma jamg‘armasini tuzish, sertifikatlash laboratoriyalarini ochish va eksportni kengaytirish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.

Geologiya, energetika, raqamlashtirish, agrosanoat, sun’iy intellekt, ekologiya va turizm sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Foto: President.uz

2026-yilda Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazilishi, Ishbilarmonlar kengashi va Rektorlar forumini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev YUNЕSKOning 43-sessiyasida beshta muhim tashabbusni ilgari surgani haqida yozgan edik.

Shuningdek