
O‘zbekiston elchixonasida London moda kolleji (London College of Fashion, UAL) xalqaro hamkorlik bo‘yicha direktori Shabir Aslam bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.
Unda moda ta’limini rivojlantirish, kreativ industriya sohasida hamkorlikni kengaytirish va O‘zbekistonda yangi ta’lim dasturlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar O‘zbekistonning boy madaniy merosi, milliy liboslari va zamonaviy dizayn uyg‘unligini xalqaro miqyosda targ‘ib etish zarurligini ta’kidladi.
Shabir Aslam London moda kolleji o‘zbekistonlik dizaynerlar va talabalar uchun ilg‘or moda tajribalarini o‘rganish hamda malaka oshirish dasturlarida ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va BMT o‘rtasida 2030-yilgacha hamkorlik dasturi imzolangan edi.
 
                                                             
                     
                     
                     
                     
                     
                     
                     
                     
                     
                     
                    