
2024-2025-yillarda respublika bo‘ylab 42 chiqindi to‘plash poligoni faoliyati tugatilib, 47 ta maishiy chiqindi poligoni rekultivatsiya qilindi va tuproq bilan yopildi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi ma’lum qildi.

Agentlik huzuridagi Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi ushbu ishlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, direksiya nazoratiga jami 185 ta maishiy chiqindi poligoni o‘tkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda topilgan chiyabo‘ri hayvonot bog‘iga topshirilgan edi.
 
                                                             
                     
                     
                     
                     
                     
                     
                     
                     
                     
                     
                    