Qirol Charlz ukasi Endryuni barcha unvonlaridan mahrum qildi

eʼlon qilindi
Endi u oddiy fuqaro maqomida yashaydi
Qirol Charlz ukasi Endryuni qirollik unvonidan mahrum qildi / Foto: ND TV

Britaniya qiroli Charlz ukasi shahzoda Endryuni «shahzoda» unvonidan mahrum qildi va uni Vindzordagi Royal Lodge saroyidan chiqarib yubordi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.

Bu qaror Endryuning jinoyatchi Jeffri Epsteyn bilan aloqadorligi sababli yuzaga kelgan mojarodan keyin qabul qilindi. Endryu endilikda oddiy fuqarolik maqomiga ega bo‘lib, Sandringem mulkidagi kichikroq uylardan birida istiqomat qiladi.

Bukingem saroyi bu chorani «qirollik obro‘sini saqlash uchun zarur qadam» deb atadi.

Shahzoda Endryu ilgari York gersogi, Inverness grafligi va Killylegh baronligi unvonlariga ega edi, ammo Qirol Charlz bu unvonlarni rasmiy ravishda bekor qildi. Endryu ayblovlarni rad etsa-da, Epstein bilan bog‘liq janjallar uning obro‘siga katta zarar yetkazgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Buyuk Britaniyaga ikkinchi davlat tashrifini amalga oshirgan edi.

Shuningdek