
Realme kompaniyasi tomonidan taqdim etilishi kutilayotgan Realme C85 Pro smartfoni haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Internetda modelning rasmlari tarqalgan.
Yangi smartfon uch xil rangda – qora, yashil va binafsha tuslarda taqdim etiladi. U 7000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. 45 vatt quvvatli tezkor zaryadlash funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Ekran 6,8 dyuymli AMOLED panel bo‘lib, Full HD+ aniqligiga ega.

Realme C85 Pro‘da Snapdragon 685 protsessori o‘rnatilgan. U 8 GB tezkor xotira va 256 GB doimiy xotira bilan jihozlanadi. Asosiy kamera 50 megapiksel sensorga ega uch moduldan iborat tizim sifatida taqdim etiladi.

Smartfon IP69 himoya darajasiga ega bo‘lib, suv va changdan yuqori darajada himoyalangan. Manbalarga ko‘ra, Realme C85 Pro‘ning taxminiy narxi $180 – 190 atrofida bo‘ladi. Shu bois u o‘z segmentida eng kuchli va qulay narxdagi modellardan biri sifatida baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Realme GT 8 smartfonining dizayni taqdimotdan avval ochiqlangani haqida yozgan edi.
