Rossiyaning yonilg‘i eksporti 2022-yildan beri eng past darajaga tushdi

eʼlon qilindi
Bunga zavodlardagi nosozliklar va G‘arb sanksiyalarining kuchayishi sabab bo‘lmoqda
Rossiyaning yonilg‘i eksporti 2022-yildan beri eng past darajaga tushdi
Rossiyaning yonilg‘i eksporti 2022-yildan beri eng past darajaga tushdi. Foto: Bloomberg

Rossiyaning yonilg‘i eksporti 2022-yildan beri eng past darajaga tushdi. Bloombergga ko‘ra, bunga zavodlardagi nosozliklar va G‘arb sanksiyalarining kuchayishi sabab bo‘lmoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, oktabr oyining dastlabki 26 kunida dengiz orqali eksport hajmi kuniga o‘rtacha 1,89 million barrelni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2022-yildan buyon eng past daraja.

Grafik: Bloomberg

Dizel eksporti biroz oshgan bo‘lsa-da, neft va mazut kamaygan. Ayniqsa, Ust-Luga portiga qilingan dron hujumlari va yomon ob-havo sharoitlari portlar orqali tashishni cheklagan. AQSh 21-noyabrdan kuchga kiradigan yangi sanksiyalarni e’lon qilganidan so‘ng, «Rosneft» va «Lukoyl» kompaniyalarining tashish va to‘lov jarayonlari ham murakkablashgan.

Hozircha dizel eksporti nisbatan barqaror bo‘lib, asosan, Turkiya va Afrika bozorlariga yetkazilmoqda. Ammo neft va mazut eksporti uzoq masofali yo‘nalishlar, ayniqsa, Osiyo tomon kechikish xavfiga ega. Oktabr oyida:

  • Dizel eksporti 2% ga oshib, 740 ming barrel;
  • Neft eksporti 3% ga kamayib, 317 ming barrel;
  • Mazut eksporti 10% ga qisqarib, 710 ming barrelga tushdi.

Mutaxassislar fikricha, Rossiya rasmiy ishlab chiqarish raqamlarini e’lon qilmay qo‘ygani sabab, dengiz orqali tashilayotgan hajmlar mamlakat neft ishlab chiqarishini baholash uchun asosiy manbaga aylangan.

Avvalroq Rossiyaning yirik neft kompaniyasi «Lukoyl» AQSh Moliya vazirligining sanksiyalari fonida o‘zining xorijdagi aktivlarini sotish jarayonini boshlagani xabar qilingandi. Rasmiy bayonotda ta’kidlanishicha, aktivlar sotilishi AQSh Moliya vazirligi huzuridagi Tashqi aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) tomonidan berilgan litsenziya doirasida amalga oshirilmoqda. Zarurat tug‘ilganda kompaniya litsenziyani uzaytirish uchun qayta murojaat qilishni rejalashtirgan.

Shuningdek