Samarqandda UNESCOning 80 yilligiga bag‘ishlab 80 ming daraxt ekiladi

eʼlon qilindi
31-oktabr kuni «Boqiy shahar» majmuasida 564 tup daraxt va butalar ekildi
Samarqandda UNESCOning 80 yilligiga bag‘ishlab 80 ming daraxt ekiladi / Foto: Ekologiya vazirligi

Samarqand viloyatida UNESCOning 80 yilligiga bag‘ishlab 5 gektarlik «Yashil bog‘» barpo etilmoqda. Bu haqda Ekologiya vazirligi ma’lum qildi.

«Merosga tayanib, kelajak sari» shiori ostida amalga oshirilayotgan loyiha UNESCOning tinchlik, madaniyatlararo muloqot va ekologik barqarorlik kabi qadriyatlarini aks ettiradi.

Foto: Ekologiya vazirligi

31-oktabr kuni «Boqiy shahar» majmuasida 564 tup daraxt va butalar ekildi. Tadbirda UNESCO vakillari, xorijiy elchilar, O‘zbekiston vazirlik va idoralari rahbarlari qatnashdi.

Bog‘da qayrag‘och, katalpa, safora, eman, chinor va boshqa daraxtlar o‘tqazilmoqda. Loyihada suvni tejovchi tomchilatib sug‘orish tizimlari, quyosh panellari va chiqindilarni qayta ishlash joylari joriy etiladi.

Foto: Ekologiya vazirligi

UNESCOning 80 yilligiga bag‘ishlab ramziy ma’noda 80 mingta daraxt ekish rejalashtirilgan. «Yashil bog‘» Sohibqiron Amir Temur bog‘lari falsafasidan ilhomlanib, 9 bo‘limga ajratiladi va har biri tarixiy bog‘lar xususiyatini aks ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Odri Azuleni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlagani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek