Sun’iy intellektni rivojlantirish uchun $100 mln ajratiladi

eʼlon qilindi
Davlat startaplarni moliyalashtirish yanada kengaytiriladi
Kvant texnologiyalar
Foto: Facebook

30-oktabr kuni prezident tomonidan «Sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risi»da qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorga ko‘ra, 2026 – 2027-yillarga mo‘ljallangan qo‘shimcha moliyalashtirish e’lon qilindi. Qarorning asosiy maqsadi ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan ustuvor va startap loyihalarni tizimli qo‘llab-quvvatlash. Qarorga ko‘ra, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 2026 – 2027-yillarda jami $100 million miqdorida qo‘shimcha mablag‘ ajratadi.

Bu mablag‘ning $50 millioni davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun, yana $50 millioni Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ulushi sifatida Fondlar fondi va IT Park Ventures venchur jamg‘armalari ustav kapitaliga kiritib, sun’iy intellekt loyihalarni teng ulushlarda qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatiladi.

Qarorda ko‘rsatilishicha, mazkur moliyaviy resurslarning taqsimoti va monitoringi «Raqamli O‘zbekiston — 2030» strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Komissiya qaysi loyihalar ustuvor hisoblanishi, grantlar va venchur investitsiyalar kriteriylari hamda moliyalashtirish jarayonining shaffofligini ta’minlash tartibini belgilaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekiston Sun’iy intellekt va kosmos markazlari qurilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek