
CasinoHawks superkompyuteri Angliya Premer-ligasining yakuniy jadvalini taxmin qildi. Natijalarga ko‘ra, «Arsenal» 2025/26-yilgi mavsumni 90 ochko bilan birinchi o‘rinda yakunlaydi. «Liverpul» 77 ochko bilan ikkinchi, «Manchester Siti» va «Chelsi» esa kuchli to‘rtlikni to‘ldiradi.
Superkompyuter hisob-kitoblariga ko‘ra, Mikel Arteta jamoasi 38 uchrashuvda 28 ta g‘alaba qozonadi. «Arsenal» hozirda Premer-ligada to‘rt ochkolik farq bilan peshqadam bo‘lib turibdi. «Liverpul» so‘nggi o‘yinlardagi muvaffaqiyatsiz natijalarga qaramay, chempionlik poygasida asosiy raqib sifatida ko‘rilmoqda.

«Manchester Yunayted» Ruben Amorim boshchiligida uchta o‘yinda ketma-ket g‘alaba qozongan bo‘lsa ham, jamoa mavsumni 12-o‘rinda yakunlashi aytilgan. Eng quyi uchlikda «Vest Xem», «Byornli» va «Vulverhempton» joy oladi va ular Chempionshipga tushib ketishi mumkin.
Mutaxassislar fikricha, «Arsenal»ning barqaror formasi va raqiblarning xatolari jamoaning 20 yillik tanaffusdan keyingi chempionlik orzusini ro‘yobga chiqarishi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Arsenal» Angliya Liga kubogida g‘alaba qozongani haqida xabar bergan edi.
