Volkswagen Scout 130 mingdan ortiq buyurtmalar oldi

31-oktabr 2025 10:22 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Volkswagen Scout
Volkswagen Scout 130 mingdan ortiq buyurtma oldi / Foto: Volkswagen

Volkswagen konserniga qarashli Scout kompaniyasi yangi Terra pikapi va Traveler SUV modellarini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

Kompaniya bosh direktori Skott Kio Bloomberg’ga bergan intervyusida aytishicha, Scout allaqachon 130 mingdan ortiq buyurtma olgan, ularning 80 foizdan ko‘prog‘i kengaytirilgan masofali versiyalar uchun berilgan.

Foto: Volkswagen

Kio so‘zlariga ko‘ra, bozorning o‘zi qaysi modelga talab yuqoriligini ko‘rsatgan.

«Buyurtmalarning katta qismi kengaytirilgan versiyaga to‘g‘ri kelmoqda. Bozor bizga yo‘nalish ko‘rsatmoqda», – dedi u.

Scout Terra va Traveler modellarining to‘liq elektr versiyalari 120 kVt/soatli uch elementli litiy batareyalar bilan jihozlanadi va taxminan 560 km masofa bosib o‘tadi. Kengaytirilgan masofali variantlar esa 60 kVt/soatli temir-fosfat batareyalarga. Elektr rejimida 240 km yuradi, generator yordamida esa umumiy masofa 800 km ga yetadi.

Foto: Volkswagen

Ikkala model ham bir xil platformada yaratilgan bo‘lib, tez quvvatlash (DC fast charging) tizimini qo‘llab-quvvatlaydi. Kio toza benzinli versiya chiqish ehtimolini rad etdi.

«Dunyo elektrlashuv sari ketmoqda. Texnologiyalar takomillashmoqda va xarajatlar kamaymoqda. Scout keyingi 100 yil uchun tayyorlanmoqda, ikki yilga emas», – dedi u.

IT Home ma’lumotiga ko‘ra, yangi Terra va Traveler modellari 2027-yil oxirida ommaviy ishlab chiqarishga kiritilishi rejalashtirilgan.

Volkswagen Scout
Foto: Volkswagen

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Volkswagen Polo CityLife qulay jihozlar bilan taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.

Volkswagen o‘zining Polo liniyasiga yangi Volkswagen CityLife versiyasini qo‘shdi. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda.

Ushbu modifikatsiya budjet variantlari va kuchliroq GTI o‘rtasidagi segmentni egallaydi. Model 16 dyuymli disklar, qoraytirilgan orqa oynalar va maxsus belgilari bilan ajralib turadi.

Shuningdek