Voyah Free+ Sport krossoveri taqdim etildi

31-oktabr 2025 08:10 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Voyah Free+ Sport krossoveri taqdim etildi / Foto: ITHome

Dongfeng brendi Voyah yangi krossoveri Free+ Sport Edition’ni taqdim etdi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

Mashina eksklyuziv asalari rangida bo‘lib, Huawei ADS 4 MAX avtopilot tizimi bilan jihozlangan. Sport versiyasi Shadow Flowing Light paketiga ega: yangi g‘ildirak disklari, Turning Point antikryli, ikki rangli qora-oltin salon va nappa charm o‘rindiqlar mavjud. Shuningdek, mat uglerod tolali dekor va panoramali Starry Sky Roof tomi bor.

Foto: ITHome

Ichki jihozlar: 15,6 dyuymli media ekran, ikkita simsiz smartfon zaryadlash va 7 litrlik mini-muzlatkich. Axborot-ko‘ngilochar tizim HarmonySpace 5 orqali qulay interfeys taqdim etadi.

Gibrid kuch birligi 1,5 litrli turbomotor va 476 ot kuchiga ega elektr motorlardan iborat. Batareya sig‘imi 43,2 kVt·soat, toza elektr bilan yurish masofasi 190 km. O‘lchamlari: 4915 × 1960 × 1660 mm, g‘ildirak bazasi 2960 mm. Magic Carpet EDC suspenziya tizimi yo‘l bo‘shligini 100 mm oralig‘ida sozlash imkonini beradi.

Foto: ITHome

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dongfeng kompaniyasi yangi Voyah Free+ EREV modelini taqdim etgan edi.

Shuningdek