2-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi
eʼlon qilindi
2-noyabr soat 20:00 gacha amal qiladi

2-noyabr kuni respublika bo‘ylab harorat kechasi 3–11°, kunduzi 15–22° iliq bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
| Hudud | Ob-havo tavsifi | Shamol | Harorat (°C) |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | Havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. | Sharqdan 3–8 m/s | Kechasi 6–8°, kunduzi 18–20° |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati | Havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. | Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7–12 m/s, ba’zan 13–18 m/s | Kechasi 3–8°, kunduzi 15–20° |
| Buxoro va Navoiy viloyatlari | Havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. | Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7–12 m/s, ba’zan 13–18 m/s | Kechasi 4–9°, kunduzi 17–22° |
| Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari | Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushadi. | Sharqdan 7–12 m/s | Kechasi 5–10°, kunduzi 15–20° |
| Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari | Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. | Sharqdan 7–12 m/s | Kechasi 6–11°, kunduzi 20–25° |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushadi. | Sharqdan 5–10 m/s | Kechasi 4–9°, kunduzi 15–20° |
| Tog‘ oldi va tog‘li hududlar | Havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. | Sharqdan 7–12 m/s | Kechasi 3–8°, kunduzi 12–17° |