Eldor Shomurodov urgan penalti «Bashakshehir» jamoasiga g‘alaba keltirdi

eʼlon qilindi
90+1-daqiqada urilgan penalti zarbasi orqali
Eldor Shomurodov urgan penalti «Bashakshehir» jamoasiga g‘alaba keltirdi / Foto: Turksporajansi

31-oktabr kuni Turkiya Superligasining 11-turi doirasida «Bashakshehir» o‘z maydonida «Kodjaelispor»ni qabul qildi. Bu haqda Turkiyaning Nefes nashri xabar berdi.

Uchrashuv boshidan oxirigacha teng kurashda kechdi. 5-daqiqada Eldor Shomurodovning zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaytdi, 27-daqiqada esa «Kodjaelispor» xavfli hujum uyushtirdi, biroq darvozabon Muhammad Shengezer jamoasini qutqarib qoldi.

Ikkinchi bo‘limda «Bashakshehir» ustunlikni qo‘lga oldi, ammo raqib darvozasini ancha vaqt ocholmadi. 63-daqiqada Shomurodovning yaqin masofadan yo‘llagan zarbasini raqib himoyachisi chiziq ustidan qaytardi.

Shunga qaramay, o‘zbekistonlik futbolchi so‘nggi daqiqalarda yana sahnaga chiqdi. 90+1-daqiqada Eldor Shomurodov penalti zarbasini aniq amalga oshirib, jamoasiga muhim uch ochko taqdim etdi.

Bu natija bilan «Bashakshehir» ketma-ket ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritib, 13 ochko bilan turnir jadvalining to‘qqizinchi pog‘onasiga ko‘tarildi. «Kodjaelispor» esa uch o‘yinlik g‘alaba seriyasidan so‘ng to‘xtab qoldi. Shu tariqa, Shomurodov yetti gol bilan Superliga to‘purarlar ro‘yxatida yuqorilab bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shomurodov to‘purarlar poygasiga qo‘shilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek