Ilon Mask: Neuralink bemori tez orada kuchaytirilgan chip oladi

Ilon Maskning ma’lum qilishicha, Neuralink kompaniyasi o‘zining birinchi bemori Noland Arboga o‘rnatilgan miya chipini yangilash ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Teslarati ma’lum qildi.
Ushbu «apgreyd» bemorga faqat fikr kuchi yordamida yanada murakkab vazifalarni bajarish imkonini beradi.
Arbo avvalgi implantdan so‘ng odatdagi hayotiga qaytgan – u o‘yinlar o‘ynaydi, darslarga qatnashadi va o‘z hayoti qanday o‘zgarganini boshqalarga hikoya qiladi. Maskning ta’kidlashicha, Noland Neuralink tarixida birinchi bo‘lib chipni yangilagan yoki ikkita implantga ega insonga aylanishi mumkin.
Noland implantini «Eva» deb ataydi va u yordamida o‘qishdagi yutuqlarini yaxshilaganini, avval bu darajaga yetish mumkin emasligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask SIga asoslangan Grokipedia saytini ishga tushirgan edi.