Hafta davomida dollar qanchaga pasaydi

eʼlon qilindi
27-oktabr kuni dollar kursi 12 117,35 so‘mni tashkil etgan edi
Dollar
Dollar kursining hafta davomidagi o‘zgarishi / Foto: Depositphotos

Hafta davomida AQSh dollari kursi pasayish tendensiyasini ko‘rsatdi. Kursiv Uzbekistan nashrining ushbu maqolasida dollar kursining hafta davomidagi o‘zgarishi haqida so‘z boradi.

27-oktabr kuni dollar kursi 12 117,35 so‘mni tashkil etib, 11,98 so‘mga kamaygan. 28-oktabrda esa kurs 12 053,46 so‘mgacha tushib, yana 63,89 so‘mga arzonlashgan. 29-oktabrda dollar 12 004,47 so‘m bo‘lib, 48,99 so‘mga pasaygan, 30-oktabrda esa 11 990,53 so‘mga tenglashib, 13,94 so‘mga kamaygan.

31-oktabr holatiga kelib, kurs biroz tiklanib, 12 025,22 so‘mni tashkil etdi, bu 34,69 so‘mlik o‘sish demakdir. Shu tariqa hafta davomida dollar qiymati bir necha kun pasayganidan so‘ng, faqat haftaning oxirida oz miqdorda ko‘tarildi.

Umuman olganda, dollar hafta davomida 126,82 so‘mga arzonladi.

Markaziy bank milliy valyutaning mustahkamlanishini qanday izohlaydi?

Timur Ishmetov

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Yanvar – sentabr oylarida so‘mning qadri 6,5 foizga oshdi. Bu haqda Markaziy bank boshqaruvi raisi Timur Ishmetov OAV vakillari bilan yig‘ilishda aytib o‘tdi.

2025-yilning aprel oyidan boshlab milliy valyuta almashuv kursida mustahkamlanish tendensiyasi bilan birgalikda uning tebranishlar darajasining oshishi kuzatilmoqda.

Joriy yilning boshidan sentabr oyigacha O‘zbekistonga kirib kelayotgan valyuta oqimlarida oshish kuzatilgan. Jumladan, eksport tushumlari 18 foizga oshib $19 mlrd.ga yetdi. Shuningdek, banklar tomonidan xorijiy valyutaga kreditlar hisobidan ichki bozorga $6,3 mlrdlik mablag‘lar sotildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobar ko‘proq.

Avvalroq 3-noyabr uchun valyuta kurslari e’lon qilingani haqida yozgan edik.

Shuningdek