O‘zbekistonda pirotexnika vositalari uchun jarimalar 10 million so‘mgacha oshiriladi

eʼlon qilindi
6 180 000 so‘mdan 10 300 000 so‘mgacha
O‘zbekistonda pirotexnika vositalari uchun jarimalar 10 million so‘mgacha oshiriladi / Foto: Ochiq manba

Senatning o‘n birinchi yalpi majlisida «Pirotexnika buyumlarining muomalasi to‘g‘risida»gi Qonun ko‘rib chiqildi va ma’qullandi. Bu haqda Oliy Majlis Senati rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Qonun mamlakatda pirotexnika vositalarini noqonuniy olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish holatlarining oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashni maqsad qiladi.

Yangi hujjatda pirotexnika buyumlarining xavflilik darajasiga qarab I – V sinflarga ajratilishi belgilandi. Xavfsiz hisoblangan I sinfdagi vositalar – bengal chiroqlari, stol fontanlari kabi mahsulotlar erkin muomalada bo‘ladi. Biroq petarda va katta maydonlarda ishlatiladigan fontanlar kabi II sinf buyumlarining oddiy fuqarolar tomonidan ishlatilishi butunlay taqiqlanadi.

II – V sinfdagi pirotexnikalarning ishlab chiqarish, saqlash va olib kirish faqat davlat mudofaa korxonalariga ruxsat etiladi. Ularning sanoat va harbiy maqsadlarda ishlatilishi mumkin. Shuningdek, ommaviy tadbirlarda III – V sinf buyumlari bilan mushakbozlik o‘tkazish ham qonun doirasida bo‘ladi.

Pirotexnika vositalari ustidan nazorat Milliy gvardiya, IIB va bojxona organlariga yuklatiladi. Noqonuniy muomala uchun jarimalar miqdori oshirilib, endilikda 15 – 25 baravar BHM miqdorida jazo belgilanmoqda.

Senatorlar ushbu qonun pirotexnika vositalari sohasida tartibni kuchaytirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va xavfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlashdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq talabga javob bermaydigan mahsulotni qaytarib olganlar moliyaviy sanksiyadan ozod qilinishi haqida yozgan edik.

Shuningdek