Toshkentdagi turarjoylarda issiqlik ta’minoti 5-noyabrdan yoqiladi
eʼlon qilindi
Ijtimoiy obyektlarda esa 3-noyabrdan

Meteorologiya xizmati prognozlariga muvofiq, markazlashgan issiqlik ta’minoti 3-noyabrdan ijtimoiy obyektlarda, 5-noyabrdan esa turarjoylarda yoqiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Aholi va muassasa rahbarlari issiqlik tizimi ishga tushirilayotgan paytda muammo yoki nosozliklarni aniqlasa, bu haqda 1055 yoki (71) 210-01-87 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.
Shuningdek, murojaatlar ijtimoiy tarmoqlar orqali ham qabul qilinadi. Bu orqali fuqarolar issiqlik tizimidagi muammolarni tezroq bartaraf etishga ko‘maklashishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Energetika vazirligi qishda elektr energiyasi tariflari o‘zgarmasligini ma’lum qilgan edi.