
Toyota kompaniyasi yangi bZ Time Attack Concept nomli elektr poyga avtomobilini taqdim etdi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

U 2026-yilgi bZ platformasiga asoslangan bo‘lib, to‘liq g‘ildirakdan tortish tizimiga ega. Standart versiya 338 ot kuchi bilan 100 km/soat tezlikka 4,9 soniyada chiqadi, ammo Time Attack modifikatsiyasi 400 ot kuchidan ortiq quvvatga ega.

Mashina 15 sm pastroq va 15 sm kengroq qilinib, aerodinamik elementlar – antikril, spoyler va diffuzorlar bilan jihozlangan. Bu yuqori tezlikda barqarorlikni ta’minlaydi.

Kuzov ichki bezaklardan tozalanib, FIA standartidagi xavfsizlik karkasi o‘rnatilgan. Tormoz tizimi va shinalar ham yangilangan – 19 dyuymli BBS disklar va 305 mm Continental shinalar yo‘lga yopishishni kuchaytiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yangilangan Geely Okavango taqdim etilgani haqida xabar bergan edik.