Xitoy Shenzhou-21 kosmik missiyasini ishga tushirdi

eʼlon qilindi
Ekipaj a’zolari, eng yosh astronavt va to‘rtta qora sichqon «Samoviy saroy» stansiyasiga yuborildi
Xitoy Shenzhou-21 kosmik missiyasini ishga tushirdi / Foto: Reuters

Xitoy 1-noyabr kuni Shenzhou-21 kosmik kemasini «Long March-2F» raketasi yordamida Jiuquan markazidan muvaffaqiyatli uchirdi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.

Missiyada 48 yoshli qo‘mondon Zhang Lu, 39 yoshli Zhang Xonchjan va Xitoyning eng yosh astronavti bo‘lmish 32 yoshli Vu Fey ishtirok etmoqda.

Ular Tiangong («Osmon saroyi») kosmik stansiyasida olti oy davomida ishlaydi va avvalgi Shenzhou-20 ekipajidan topshiriqni qabul qiladi. Bu safar ular bilan birga tajriba uchun to‘rt nafar qora sichqon ham kosmosga olib chiqilgan.

Ma’lumot uchun, Shenzhou dasturi Xitoyning kosmik ambitsiyalarini kengaytirmoqda. Kelasi yilda mamlakat ilk xorijiy astronavt – Pokiston vakilini Tiangong stansiyasiga yuborishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya ilmiy texnikasi Xitoyning «Chang’e-7» apparatida Oyga yuborilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek