Avto

Yangilangan Geely Okavango taqdim etildi

Narxlari keyinroq e’lon qilinadi
Yangilangan Geely Okavango taqdim etildi / Foto: Geely

Geely kompaniyasi restaylingdan o‘tgan Okavango krossoverining rasmiy suratlarini taqdim etdi. Bu haqda Autohome nashri ma’lum qildi.

Foto: Geely

Unga ko‘ra, Xitoy bozorida model Haoyue L nomi bilan sotuvga chiqadi. Yangilanish jarayonida avtomobil yangi radiator panjarasi, sport uslubidagi bamper va 20 dyuymli g‘ildirak disklari bilan jihozlandi. Salon esa 14,6 dyuymli katta Flyme Auto multimedia tizimi bilan yangilandi.

Foto: Geely

Okavango 5, 6 va 7 o‘rindiqli variantlarda taqdim etiladi. Uning uzunligi 4865 mm, g‘ildirak bazasi 2825 mm. Kapot ostida 181 ot kuchiga ega 1,5 litrli turbomotor joylashgan. To‘liq g‘ildirakli harakat tizimi hali ham mavjud emas. Narxlar keyinroq e’lon qilinadi.

Foto: Geely

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda yangi Geely Galaxy M9 taqdim etilgan edi.