Ozodbek Nazarbekov to‘yda qo‘shiq aytdi
eʼlon qilindi
Video foydalanuvchilar orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi

Tarmoqlarda O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning to‘y marosimida qo‘shiq kuylayotgani aks etgan video tarqaldi. Kadrlardan ko‘rish mumkinki, konsertda ishtirok etayotgan mehmonlar san’atkorga 100 va 200 ming so‘mlik kupyuralar, shuningdek, dollar sovg‘a qilishmoqda.
Video foydalanuvchilar orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ba’zi foydalanuvchilar buni xalq an’anasining bir qismi – ijrochiga hurmat va minnatdorchilik ifodasi deb hisobladi. Boshqalar esa vazirning xatti-harakatlarini davlat arbobi uchun noo‘rin deb hisoblashdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ozodbek Nazarbekov yana reklama roligida suratga tushgani haqida xabar bergan edi.
Mavzu bo'yicha materiallar