Qashqadaryoda to‘yda 14 qozon palov tayyorlagan erkak jarimaga tortildi

eʼlon qilindi
To‘y oktabr oyida bo‘lib o‘tgan
Foto: SI yordamida yaratilgasn

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashovchi erkak to‘y marosimida 14 qozon palov tayyorlab, mehmonga osh berish qoidalarini buzganlikda ayblandi. Sud qaroriga ko‘ra, u 4,1 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Podrobno.uz nashriga ko‘ra, to‘y oktabr oyida bo‘lib o‘tgan. Erkak Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 192¹-moddasi asosida – «to‘y va marosimlarni o‘tkazish tartibini buzish» bandi bo‘yicha javobgarlikka tortilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 31 yoshli erkak ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan va hozirda ishsiz. Sudda u o‘z aybini tan olib, «hamma qarindoshlarni to‘ydirishni xohlaganini, ammo oqibatini o‘ylamaganini» aytgan.

Sud qaroriga binoan, unga 10 baravar bazaviy hisoblash miqdori, ya’ni 4,1 mln so‘m jarima belgilandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Golden House’ga qonunbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek