
«Al-Nasr» «Al-Feyha»ga qarshi o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani ilib ketdi (2:1). Uchrashuvning asosiy qahramoni so‘nggi daqiqalarda penaltini aniq amalga oshirgan Krishtianu Ronaldu bo‘ldi. Bu gol portugaliyalik futbolchining professional faoliyatidagi 952-gol bo‘ldi.
Muvaffaqiyatsiz start va sardor javobi
Mezbonlar o‘yinni yaxshi boshlamadi va 14-daqiqadayoq gol o‘tkazib yubordi. Tezkor qarshi hujumdan unumli foydalangan Jeyson birga-bir vaziyatga chiqib bordi va darvozabonni aldab o‘tdi – 0:1. O‘tkazib yuborilgan to‘pdan so‘ng «Al-Nasr» qanotlar orqali faol harakat qilib, tezlikni oshirdi.
34-daqiqada Ronaldu hisobni tenglashtirdi. Komanning o‘ng qanotdan uzatgan to‘pidan so‘ng portugaliyalik o‘ng burchakka kuchli zarba yo‘llab, darvozabonga imkoniyat qoldirmadi. Bu to‘p nafaqat jamoa uchun, balki hujumchining o‘zi uchun ham muhim bo‘ldi – endi uning hisobida faoliyatidagi 951 gol bor.
O‘yinning asosiy vaqti oxirlab borayotgandi, hakam VARni ko‘rib chiqib, «Al-Feyha» darvozasiga penalti belgiladi – to‘p mehmonlar himoyachisining qo‘liga tegdi. Zarba uchun javobgarlikni Ronaldu o‘z zimmasiga oldi. «Al-Nasr» sardori darvoza to‘sini ostidan ishonchli zarba yo‘llab, darvozabonga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Stadion zavqdan portlab ketdi – 2:1 mezbonlar foydasiga.
«Al-Nassr» uchun bu g‘alaba Saudiya Arabistoni chempionati peshqadamligi uchun kurashda muhim ahamiyat kasb etdi. Jamoa xarakter ko‘rsatib, irodaviy o‘yinda g‘alaba qozondi, Ronaldu esa gollar sonini 952 taga yetkazdi.
Matchning asosiy lahzalari:
- 14′ ˜– Jeyson «Al-Feyha» foydasiga hisobni ochdi.
- 34′ – Ronaldu hisobni tenglashtirdi va faoliyatidagi 951-golni urdi.
- Mane va Felishning zarbalaridan keyin Mosquera bir necha bor mehmonlarni qutqarib qoldi.
- Ogohlantirishlar: Brozovich, Felish, Al-Baqavi.
- O‘zgarishlar: «Al-Nasr» safida Al-Haybariy va Al-Naji, «Al-Feyha» safida esa Ganvula va Al-Beshe o‘yinga qo‘shildi.
- To‘p nazorati: Al-Nasr – 67%, Al-Feyha – 33%.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ronaldu tarixdagi ilk milliarder futbolchiga aylangani haqida xabar bergan edi.