Samarqandda Cobalt haydovchisi uxlab qolib, avtobus bilan to‘qnashdi

eʼlon qilindi
Avtomobil qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan
Foto: Samarqand viloyati YHXB

2-noyabr kuni soat 06:10 da Samarqand shahrining Afrosiyob mahallasidan o‘tgan Shohizinda ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Cobalt haydovchisi harakat vaqtida uxlab qolgan, natijada boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urilgan. Shundan so‘ng avtomobil qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, harakatlanib kelayotgan Asiastar rusumli avtobus bilan to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida Cobalt haydovchisi shifoxonaga yotqizilgan. Avtobus ichida yo‘lovchilar bo‘lmagani, biroq har ikkala transport vositasiga shikast yetgani ma’lum qilindi.

Holat yuzasidan shahar tergov bo‘limi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. YHXB haydovchilarga charchagan yoki uyqu holatida bo‘lsa, rulga o‘tirmaslik haqida ogohlantirish berdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yangi Chevrolet Cobalt avtosalonlarga kelgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek