Samsung Galaxy S26 taqdimoti 25-fevralda o‘tkaziladi

2-noyabr 2025 12:43 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Samsung Galaxy S26
Samsung Galaxy S26 taqdimoti 25-fevralda o‘tkaziladi / Foto: Grok yordamida yaratilgan

Samsung kompaniyasi keyingi Galaxy Unpacked tadbirini 2025-yil 25-fevral kuni o‘tkazadi. Bu safar taqdimot odatdagidan deyarli bir oy kechroq bo‘lib o‘tadi.

Insayder Jukanlosreve ma’lumotiga ko‘ra, tadbir San-Fransisko shahrida o‘tkaziladi va u sun’iy intellekt mavzusiga bag‘ishlanadi. Manbaga ko‘ra, Samsung uch yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor San-Fransiskoda Unpacked tadbirini o‘tkazmoqda – so‘nggisi 2023-yilda Galaxy S23 taqdimoti bo‘lgan edi.

San-Fransisko hozirda sun’iy intellekt texnologiyalari markaziga aylangan, shu bois Samsung bu joyni ramziy jihatdan tanlagani aytilmoqda. Kompaniya «AI smartfonlar davrining kashshoflaridan biri sifatida» yangi imkoniyatlarni namoyish etishni rejalashtirgan.

Taqdimot sanasining kechiktirilishi Samsung’ning strategik o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Avvalroq Galaxy S25 Edge modeli S26 Plus o‘rnini bosadi, degan xabarlar chiqqan edi, biroq sotuvlar past bo‘lgani sababli kompaniya Plus modelini qaytarishga qaror qilgan. Shunday qilib, Galaxy S26 seriyasi yana uchlik formatda – S26, S26 Plus va S26 Ultra shaklida taqdim etiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, yangi flagmanlar, shu jumladan, Ultra versiyasi, Galaxy S22 seriyasidan keyin ilk bor Exynos 2600 protsessori bilan ta’minlanadi. Biroq kompaniya ikki xil chip strategiyasini saqlab qoladi – ayrim bozorlarda Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori qo‘llaniladi.

Insayder Jukanlosreve ilgari Galaxy Z Flip5 chiqishidan oldin uning haqiqiy fotosuratini e’lon qilgan va Exynos 2400 haqida bergan ma’lumotlari keyinchalik Geekbench testlarida tasdiqlangan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S26 taqdimoti ikki oyga kechiktirilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek