Sergey Fomin Xitoydagi Qyandaoxu turnirida g‘olib bo‘ldi

2-noyabr 2025 09:37 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Foto: olamsport.com

Xitoyning Qyandaoxu shahrida o‘tgan ITF M25 toifasidagi tennis turniri yakunlandi. Musobaqaning bosh sovrini o‘zbekistonlik tennischi Sergey Fominga nasib etdi.

Mamlakatning ikkinchi raqamli tennischisi finalda aslida belaruslik bo‘lgan, neytral maqomda ishtirok etgan Mikalay Xalyakni ishonchli tarzda mag‘lub etdi. Bir soat 22 daqiqa davom etgan bahsda Fomin 6:2, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Turnirda to‘rtinchi raqam ostida qatnashgan Fomin yarimfinalda musobaqaning birinchi raqamli tennischisini ham sensatsion tarzda mag‘lub etgan edi.

Ayni paytda Sergey Fomin ATP reytingida 463-o‘rinda, 27 yoshli Xalyak esa 863-o‘rinda joylashgan. Bu bahs ikki tennischining o‘zaro ilk uchrashuvi bo‘ldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mariya Timofeyeva O‘zbekiston bayrog‘i ostida musobaqaga chiqishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek