Toshkent – Krasnodar reyslari vaqtinchalik kechiktirildi
eʼlon qilindi
Toshkentdan uchish soat 11:20

Krasnodar xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilish va jo‘natishda vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgani sababli, Uzbekistan Airways’ning 2025-yil 2-noyabr kuni amalga oshiriladigan HY687/688 reyslari kechiktirildi.
Aviakompaniya ma’lumotiga ko‘ra, parvozlar quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
- Toshkentdan uchish – 11:20, Krasnodarga yetib kelish – 13:40;
- Krasnodardan uchish – 15:00, Toshkentga yetib kelish – 20:30;
- Vaqt mahalliy hisobda ko‘rsatilgan.
Aviakompaniya yo‘lovchilardan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi va yangiliklarni rasmiy kanallar orqali kuzatib borishni tavsiya qiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Andijon – Istanbul yo‘nalishida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar bergan edi.