16 ming dollarlik Chery Tiggo 8 oldindan sotuvga chiqdi

3-noyabr 2025 16:50 eʼlon qilindi

(4-noyabr 2025 00:03 yangilandi)
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
chery
Chery Tiggo 8 avtomobili / Foto: Autohome

Xitoyda Chery kompaniyasi beshinchi avlod Chery Tiggo 8 avtomobili uchun oldindan savdolarini boshladi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Avtomobil to‘rtta komplektatsiyada taklif etilmoqda: Comfort, Luxury, Premium va Flagship. Narxlar 105 900 yuandan 135 900 yuangacha ($16 300 – 20 900) oraliqda belgilangan. Modelning rasmiy taqdimoti 10-noyabr kuni o‘tkaziladi.

Foto: Autohome

Yangi Tiggo 8 to‘liq qayta ishlab chiqilgan dizaynga ega. U ikki xil old panjarali variantda taqdim etiladi. Biri xromli ko‘p burchakli panjara bilan oilaviy uslubda yaratilgan bo‘lsa, ikkinchisi asalaricha uyasi shaklidagi sport ko‘rinishdagi panjaraga ega. Yon qismida yarim yashirilgan eshik tutqichlari va 19 dyuymli g‘ildiraklar o‘rnatilgan.

Foto: Autohome

Avtomobil o‘lchamlari 4749 mm uzunlik, 1880 mm kenglik va 1710 mm balandlikda bo‘lib, g‘ildirak bazasi 2825 mm. Orqa qismda keng LED chiroqlar, ikki chiqishli sport uslubidagi pastki bamper va yashirin chiqaruvchi trubkalar mavjud.

Salon ikki xil ekran konfiguratsiyasida taqdim etiladi. Birinchi variantda 10,25 dyuymli raqamli panel va 15,6 dyuymli gorizontal markaziy displey mavjud. Ikkinchi variant esa 13,2 dyuymli vertikal sensorli ekran bilan jihozlangan. Barcha modifikatsiyalarda yangi ikki tutqichli rul o‘rnatilgan. Qimmatroq versiyalar ikkita smartfon platformasini bir vaqtning o‘zida ulash imkoniyati, simsiz zaryadlovchi panel va yangilangan interyer bezaklariga ega.

Foto: Autohome

Tiggo 8’ning texnologik imkoniyatlari ham kengaytirilgan. Mashinaga Qualcomm 8155 protsessori, HMI 5.0 interaktiv tizimi, bulutli multimedia va turli lahjalardagi ovozli boshqaruv funksiyasi o‘rnatilgan.

Foto: Autohome

Barcha komplektatsiyalar 1.6T Kunpeng TGDI benzinli turbomotor bilan jihozlanadi. U 147 kVt quvvat va 310 Nm aylanish momenti ishlab chiqaradi. Uzatmalar qutisi 7 pog‘onali nam turdagi qo‘sh muftali DCT avtomatdir.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chery Fulwin T11 avtomobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek