200 dollargacha bo‘lgan eng yaxshi smartfonlar

3-noyabr 2025 13:17 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
moto
Foto: Moto

2025-yilda budjet segmenti tez sur’atlarda rivojlanib, hozirda 200 dollargacha bo‘lgan telefonlar orasida kuchli dizayn, tiniq ekran, silliq ishlash va hatto 5G qo‘llab-quvvatlovi bilan ajralib turadigan modellar ko‘paydi. Gizchina nashri 200 dollargacha bo‘lgan eng yaxshi smartfonlar va ularning texnik imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.

Ushbu maqoladan quyidagilarni bilib olasiz:

Moto G (2025)

Samsung Galaxy A16 5G

CMF Phone 1

DOOGEE Blade 10

Moto G 5G (2024)

Moto G (2025)

Motorola o‘zining Moto G seriyasida soddalik va ishonchlilikni saqlab qolgan. 2025-yilgi model 6,7 dyuymli Full HD+ ekranga ega bo‘lib, ranglar tiniqligi va kontrasti bilan ajralib turadi. Qurilma MediaTek Dimensity 6300 protsessorida ishlaydi, 4 GB tezkor xotira va 64 yoki 128 GB saqlash hajmi bilan ta’minlangan.

Foto: RBK

Eng katta afzalliklardan biri – 5000 mA/soatli batareya. U ikki kunlik faol ishlatishda ham bardosh beradi. Smartfon Android 15’ning toza, reklamasiz versiyasida ishlaydi. 50 MP asosiy kamera kunduzgi suratlarda tiniqlikni ta’minlaydi. 16 MP old kamera esa ijtimoiy tarmoqlar uchun yetarli darajada sifatli.

Moto G (2025) o‘z segmentida balansni topgan model. U ortiqcha hashamatdan yiroq, ammo ishonchli ishlash, yaxshi ekran va mustahkam korpusni taklif etadi.

Ushbu smartfon hali mahalliy bozorga kirib kelmagan.

Samsung Galaxy A16 5G

Galaxy A16 5G – hozirda $200 gacha narxda 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydigan eng arzon Samsung modeli. U 6,7 dyuymli 90 Gts HD+ ekran, Exynos 1330 protsessor, 4 yoki 6 GB RAM hamda 128 yoki 256 GB xotira bilan jihozlangan.

Foto: You Tube

Telefonning orqa qismi matli silliq qoplama bilan ishlangan. Bu esa barmoq izlarini kamaytiradi. One UI Core 6.1 interfeysi qulay ishlashni ta’minlaydi va uzoq muddatli yangilanishlar bilan qo‘llab-quvvatlanadi. 50 MP asosiy kamera yaxshi yoritilgan kunda tiniq suratlar oladi. 5 MP keng burchakli linza esa suratga olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

5000 mA/soatli batareya bir yarim kungacha ishlaydi. 25 Vt tezkor zaryad esa yetarlicha qulay. Galaxy A16 5G Samsung sifatini, 5G texnologiyasini va arzon narxni birlashtirgani uchun bu ro‘yxatda o‘z o‘rniga ega.

Ushbu smartfonning narxi mahalliy bozorda 2,3 mln so‘mda atrofida.

CMF Phone 1

Nothing kompaniyasining sho‘ba brendi ishlab chiqqan CMF Phone 1 dizayni bilan darhol e’tiborni tortadi. U rangli almashtiriluvchi orqa panellar va soddaligi bilan ajralib turadi. Ammo tashqi ko‘rinishdan tashqari, ichki texnikasi ham kuchli: smartfon MediaTek Dimensity 7300 protsessorida ishlaydi. Bu odatda o‘rta sinf telefonlarida qo‘llaniladigan chipdir.

Foto: Dezeen

6,67 dyuymli AMOLED 120 Hz ekran bu narx segmentida kam uchraydi. Rasm tiniqligi, rang chuqurligi va teginish aniqligi yuqori. Operatsion tizim Nothing OS’ning yengil versiyasi bo‘lib, minimal ilovalar va toza interfeysni taklif etadi. 50 MP Sony kamera fotosuratlarda aniq fokus beradi, 16 MP old kamera esa sifatli selfilar uchun yetarli.

5000 mA·soatli batareya o‘rtacha 1,5 kun ishlaydi, 33 Vt tezkor zaryad va ixtiyoriy simsiz quvvatlash qo‘llab-quvvatlanadi. Stereo dinamikalar va mukammal tovush sifati bu modelni premium hissiyot beradi. CMF Phone 1 – arzon narxda o‘rta sinf imkoniyatlarini taklif etuvchi eng qiziqarli variantlardan biri.

Ushbu smartfon hali mahalliy bozorga kirib kelmagan.

DOOGEE Blade 10

DOOGEE odatda bardoshli telefonlari bilan tanilgan, ammo Blade 10 modeli brendning nafis va yengil tomonini ko‘rsatadi. Qurilma 6,56 dyuymli Full HD+ ekran, Unisoc T606 protsessori va 4 GB RAM (+4 GB virtual) bilan ishlaydi. 128 GB xotira kundalik foydalanish uchun yetarli.

Foto: You Tube

5150 mA/soatli batareya ikki kunlik ishlashni ta’minlaydi, 18 Vt tezkor zaryad esa 90 daqiqada to‘liq quvvat beradi. Kamera tizimi sodda, ammo samarali – 50 MP asosiy linza kunduzgi suratlarda aniq natija beradi.

DOOGEE Blade 10 kuchli batareya, tiniq ekran va soddaligi bilan ishonchli arzon telefon izlayotgan foydalanuvchilar uchun to‘g‘ri tanlov.

Ushbu smartfon hali mahalliy bozorga kirib kelmagan.

Moto G 5G (2024)

O‘tgan yilgi model bo‘lishiga qaramay, Moto G 5G (2024) hali ham $200 gacha segmentdagi eng to‘liq variantlardan biri. Smartfon Snapdragon 4 Gen 1 protsessorida ishlaydi, 6,6 dyuymli 120 Hz ekran, 4 GB RAM va 128 GB xotiraga ega.

Foto: TehnObzor

Dolby Audio texnologiyali ikki dinamik toza tovush beradi, 50 MP asosiy kamera esa tabiiy ranglarni saqlaydi. 8 MP old kamera videoqo‘ng‘iroqlar uchun qulay. 5000 mA·soatli batareya va 18 Vt zaryad esa ikki kunlik ishlash imkonini beradi. Eng muhimi, bu model hali ham naushnik ulagichi va xotira kartasi slotini saqlab qolgan – bu bugungi kunda kam uchraydi.

Ushbu smartfonning narxi mahalliy bozorda 1,3-1,6 mln so‘mda atrofida.

Kursiv Uzbekistan nashri 2025-yil kuzida xarid qilishga arziydigan 5 ta smartfon haqida yozgan edi.

Shuningdek