7000 mA/soat batareyali arzon Moto G100s smartfoni taqdim etildi

3-noyabr 2025 17:44 eʼlon qilindi

(3-noyabr 2025 23:58 yangilandi)
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
moto
Foto: Moto

7000 mA/soat batareyali arzon Moto G100s smartfoni taqdim etildi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.

Yangi Moto G100s 6,72 dyuymli Full HD+ LCD displeyga ega. Ekran 120 Hz yangilanish chastotasi va 1050 nit yorqinlik darajasini ta’minlaydi. Qurilmada DC Dimming va ko‘zni ko‘k yorug‘likdan himoya qiluvchi rejim ham mavjud.

Smartfon Snapdragon 7s Gen 2 protsessori asosida ishlaydi. U 8 GB tezkor xotira va 128 yoki 256 GB doimiy xotira bilan ta’minlanadi. Asosiy kamera ikki modulli bo‘lib, 50 MP asosiy sensor va 8 MP keng burchakli linzadan iborat. Old kameraning aniqligi 8 MP.

Moto G100s korpusida IP64 namlik va changga qarshi himoya, NFC moduli hamda stereodinamiklar mavjud. Barmoq izi skaneri yon tomonga joylashtirilgan.

Smartfon ikkita rangda – qora va ko‘k variantlarda taqdim etiladi. Narxlar versiyaga qarab farq qiladi: 8+128 GB model – $140, 8+256 GB versiyasi esa $155 etib belgilangan. Moto G100s yaqin kunlarda Xitoy bozorida sotuvga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 200 dollargacha bo‘lgan eng yaxshi smartfonlar reytingi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek