Bloomberg Nvidia aksiyalarini Uoll-strit tarixidagi eng nufuzli aksiyalar deb atadi

eʼlon qilindi
Bugungi kunda Nvidia’ning bozordagi hajmi S&P 500 indeksidagi 11 ta sektorning oltitasidan ham katta
Nvidia
Nvidia aksiyalari Uoll-strit tarixidagi eng nufuzli aksiyalar deb ataldi / Foto: Technology magazine

Bloomberg tahlilchilariga ko‘ra, Nvidia aksiyalari Uoll-strit tarixidagi eng nufuzli aksiyalar sifatida baholandi. Kompaniyaning ilk bor bozordagi qiymati $5 trillionga yetgan va bu uning jahon iqtisodiyoti hamda fond bozoriga katta ta’sirini ko‘rsatadi.

Bugungi kunda Nvidia’ning bozordagi hajmi S&P 500 indeksidagi 11 ta sektorning oltitasidan ham katta bo‘lib, indeksning 8,5 foizini tashkil etadi. Bu esa indeksning eng quyi qismidagi 240 ta kompaniyaning umumiy qiymatidan ham yuqori.

Nvidia’ning o‘sishini asosan sun’iy intellektga yo‘naltirilayotgan katta investitsiyalar qo‘llab-quvvatlamoqda. Microsoft, Amazon va Meta kabi yirik kompaniyalar yaqin 12 oy ichida SI loyihalariga sarmoyalarni 34 foizga oshirmoqchi. Shu sababli Nvidia’ning kelgusi moliyaviy yildagi daromadi $285 milliardga yetishi kutilmoqda.

Nashrga ko‘ra, Uoll-stritdagi tahlilchilarning 91 foizi Nvidia aksiyalari bo‘yicha ijobiy tavsiyalarni saqlab qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Nvidia $5 trillionlik kapitalizatsiyaga 29-oktabr kuni erishdi. Bu ko‘rsatkich AQSh va Xitoy yetakchilarining uchrashuvidan so‘ng aksiyalarning keskin o‘sishi ortidan qayd etildi.

Bundan oldin kompaniya Finlyandiyaning Nokia kompaniyasiga $1 milliard investitsiya kiritishi xabar qilingandi. Maqsad sun’iy intellekt yordamida boshqariladigan 5G va 6G tarmoqlarini tezroq amaliyotga joriy etishdir. Bitim orqali Nvidia Nokia’da 2,9 foiz ulushga ega bo‘ladi.

Shuningdek