Boysundagi gaz konida yana yong‘in chiqdi — video

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan hodisa yuzasidan Energetika vazirligiga so‘rov yubordi
ЧП на Байсуне
Foto: raquel raq / Unsplash

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida gaz sizib chiqish holati qayd etildi. Bu haqdagi videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Mahalliy aholi havo tarkibida gaz hidi sezilayotgani va nafas olish qiyinlashgani haqida ma’lum qildi.

Hozircha hech qaysi tashkilot voqea yuzasidan izoh bermadi. Hodisaning sabablari va oqibatlari o‘rganilmoqda. Kursiv Uzbekistan hodisaga oid tafsilotlarni aniqlashtirish uchun Energetika vazirligiga so‘rov yubordi.

Video: Ijtimoiy tarmoqlar

Eslatib o‘tamiz, bu hududda shunga o‘xshash holatlar qayd etilgan edi. O‘tgan yil sentabr oyida texnologik jarayon buzilishi natijasida vodorod sulfidi sizib chiqib, muammo ikki haftada bartaraf etilgandi. Joriy yilning yanvar, mart va may oylarida ham kon hududida gaz sizib chiqish holatlari kuzatilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Quyi Chirchiqda yuk mashinasi gaz quvuriga urilishi ortidan 500 xonadon gazsiz qolgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek