Yangiliklar

Boysundagi gaz konida yana yong‘in, yangilangan Cobalt uchun shartnomalar — 3-noyabrning eng muhim hodisalari

Prezident Doha shahrida o‘tkazilayotgan yirik sammitda ishtirok etadi
dayjest
Foto: Kursiv Uzbekistan

Boysundagi gaz konida yana yong‘in, yangilangan Cobalt uchun shartnomalar — 3-noyabrning eng muhim hodisalari Kursiv Uzbekistan dayjestida.

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Turkiyada 6,1 balli zilzila sodir bo‘ldi
Foto: Today

3-noyabr kuni soat 01:29 da Afg‘onistonning Samangon viloyatida 6,8 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Seysmoprognostik markaz ma’lum qildi.

Unga koilzila o‘chog‘ining chuqurligi 30 km ni tashkil etdi.

Prezident Doha shahrida o‘tkazilayotgan yirik sammitda ishtirok etadi

Prezident Doha shahrida o‘tkazilayotgan yirik sammitda ishtirok etadi
Foto: Social.desa.un.org

Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan 3 – 4-noyabr kunlari Doha shahrida bo‘lib o‘tadigan Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi Jahon sammitida qatnashadi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Turkiyada giyohvandlik vositalarini saqlashda ayblangan o‘zbekistonlik ozodlikka chiqdi

Foto: Istanbul Bosh konsulxonasi

Turkiyaning Sakarya viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasida 2024-yildan beri saqlanib kelgan O‘zbekiston fuqarosi ozodlikka chiqdi. U giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlashda gumonlanib hibsga olingan edi.

Yangi Chevrolet Cobalt uchun shartnomalar ochildi

Foto: Ahmad Muhammadov

Bugun, 3-noyabr kuni soat 10:00 dan boshlab yangi Chevrolet Cobalt uchun shartnomalar ochildi. Bu haqda UzAuto Motors xabar qilgan edi.

Chevrolet Cobalt avtomobillariga bo‘lgan yuqori talab va mijozlardan kelib tushayotgan ko‘plab so‘rovlarni inobatga olgan holda, «UzAuto Motors» AJ ushbu modelni sotib olish jarayonini onlayn shaklda amalga oshirishini ma’lum qildi. Kompaniya bu qarorni ortiqcha ajiotaj va navbatlarni kamaytirish maqsadida qabul qilgan.

Fond bozori: qaysi aksiyalar qimmatlashib, qaysilari arzonlashdi

Foto: Kursiv Uzbekistan

«Toshkent» respublika fond birjasidan (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 24-oktabrdan 31-oktabrgacha bo‘lgan davrda turli dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 0,33 foizga oshdi.

Ushbu davr mobaynida «O‘zbekgeofizika» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 13,11 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «O‘zbekneftgaz» (+8,41%) va «UzAuto Motors» (+7,22%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.

Qurilish oynalariga utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi

Qurilish oynalariga utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi
Foto: Depositphotos

Oliy Majlis Senati qurilish oynalariga utilizatsiya yig‘imi joriy etilishini ma’qulladi. Bu haqda Yuqori palata matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur yig‘im qurilish oynalaridan foydalanish natijasida hosil bo‘ladigan chiqindilarni qayta ishlash xarajatlarini qoplash uchun joriy qilinadi. Bu o‘zgarishlar «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi va «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonunlarga kiritilmoqda. Yangi tartib atrof-muhitni himoya qilish, ekologik xavfsizlikni kuchaytirish va odamlar sog‘lig‘ini himoya qilishga qaratilgan.

Mudofaa vazirligida Call-markazi faoliyatini boshladi

Kollaj: Mudafaa vazirligi

Mudofaa vazirligi aholiga yanada qulay va tezkor xizmat ko‘rsatish maqsadida Call-markaz ishini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu tizim «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkor qabul qilish va ularni hal etish uchun mo‘ljallangan.

4-noyabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi

Курс доллара
Foto: David Trinks / Unsplash

4-noyabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 11 972,34 so‘m (-32, 75 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 112,14 so‘mga tushib, 13 786,15 so‘mni, rubl esa 0,77 so‘mga tushib, 147,79 so‘mni tashkil qildi.

Boysundagi gaz konida yana yong‘in chiqdi

ЧП на Байсуне
Foto: raquel raq / Unsplash

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida gaz sizib chiqish holati qayd etildi. Bu haqdagi videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Mahalliy aholi havo tarkibida gaz hidi sezilayotgani va nafas olish qiyinlashgani haqida ma’lum qildi.

Hozircha hech qaysi tashkilot voqea yuzasidan izoh bermadi. Hodisaning sabablari va oqibatlari o‘rganilmoqda. Kursiv Uzbekistan hodisaga oid tafsilotlarni aniqlashtirish uchun Energetika vazirligiga so‘rov yubordi.

Markaziy bank uchta mikromoliya tashkilotini reyestrga kiritdi

Foto: depositphotos.com

Markaziy bankning bank nazorati qo‘mitasi mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beruvchi navbatdagi qarorlarni qabul qildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.