Dollar 12 ming so‘mdan tushdi: 4-noyabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi

eʼlon qilindi
3-noyabr kuni dollar 12 005,09 so‘m (-20,13 so‘m) edi
Dollar
Foto: David Trinks / Unsplash

4-noyabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 11 972,34 so‘m (-32, 75 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

So‘nggi besh kun ichida dollar kursida pasayish ustun bo‘ldi. 28-oktabr kuni 12 053,46 so‘mga (-63,89 so‘m), 29-oktabr kuni 12 004,47 so‘mga (-48,99 so‘m), 30-oktabr kuni esa 11 990,53 so‘m (-13,94 so‘m)ga tenglashdi. 31-oktabr kuni AQSh valyutasi 12 025,22 so‘m (+34,69 so‘m) bo‘ldi. 3-noyabr kuni dollar 12 005,09 so‘mga (-20,13 so‘m) tenglashdi.

Rasm SI yordamida yaratilgan

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 112,14 so‘mga tushib, 13 786,15 so‘mni, rubl esa 0,77 so‘mga tushib, 147,79 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan AQSh dollari qanchaga pasaygani haqida yozgan edi. 

Shuningdek