Banklar va moliya

Fond bozori: qaysi aksiyalar qimmatlashib, qaysilari arzonlashdi

24-oktabrdan 31-oktabrgacha bo‘lgan davrda
Foto: Depositphotos

«Toshkent» respublika fond birjasidan (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 24-oktabrdan 31-oktabrgacha bo‘lgan davrda turli dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 0,33 foizga oshdi.

Ushbu davr mobaynida «O‘zbekgeofizika» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 13,11 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «O‘zbekneftgaz» (+8,41%) va «UzAuto Motors» (+7,22%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.

O‘z navbatida, «Qashqadaryo texnologik transport» aksiyalari 11,70 foizga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. Bundan tashqari, «Garant bank» (-11,63%) va «Qizilqumsement» (-10,13%) aksiyalari ham pasayish bilan ajralib turdi. Faqatgina «Ipoteka bank»ning ham imtiyozli, ham oddiy aksiyalari, shuningdek, «Ipak yo‘li», «Aloqabank» va «O‘zbektelekom» aksiyalari narxida o‘zgarish kuzatilmadi.

Ushbu davrda yuqori likvidli aksiyalardan 11 tasi haftani ijobiy, beshtasi o‘zgarishsiz va 13 tasi salbiy natija bilan yakunladi.

O‘tgan haftada «Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)da UCI fond indeksi UCI fond indeksi 2,5 foizga oshgani haqida xabar berilgandi.

Ushbu davr mobaynida «O‘zbektelekom» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 44,12 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «Qashqadaryo texnologik transport» (+20,45%) va «Garant bank» (+19,04%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.