Lexus kompaniyasi uchta yangi LS konseptlarini taqdim etdi — foto

3-noyabr 2025 10:16 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Lexus kompaniyasi uchta yangi LS konseptlarini taqdim etdi / Foto: Lexus

Lexus kompaniyasi o‘zining uchta yangi LS hashamatli avtomobillar konseptlarini namoyish etdi. Bu haqda Carscoops nashri ma’lum qildi.

Tadbirda LS Concept, LS Coupe Concept va LS Micro Concept deb nomlangan uchta yangi model taqdim etildi. Mazkur konseptlar kompaniyaning flagman yo‘nalishida kelajakdagi rivojlanish strategiyasini aks ettiradi.

Eng muhim yangilik sifatida Lexus LS Concept – oltita g‘ildirakli, ultra-hashamatli miniven taqdim etildi. Mazkur model futuristik dizayni, o‘tkir geometrik shakllari va zamonaviy LED yoritish chiziqlari bilan ajralib turadi. Avtomobil saloni yuqori darajadagi qulaylikni ta’minlaydigan lounge uslubida ishlab chiqilgan.

Foto: Lexus

Shuningdek, Lexus LS Coupe Concept – premium toifadagi to‘rt eshikli kupe-krossover ham e’tiborga havola etildi. Modelning orqa eshiklari Rolls-Royce uslubida ochiladi, yukxona qismi esa yog‘ochdan ishlangan tortma bo‘limga ega.

Uchinchi konsept – Lexus LS Micro Concept, shahar sharoitida foydalanish uchun mo‘ljallangan bir o‘rinli elektr avtomobil bo‘lib, u «Kelajakning shaxsiy hashamatli kapsulasi» sifatida ta’riflanmoqda.

Foto: Lexus

Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, mazkur konseptlar Lexus brendining hashamat, dizayn va texnologiyalar uyg‘unligida yangi bosqichga o‘tish yo‘lida muhim qadami hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toyota yangi Century Coupe modelini taqdim etgan edi.

Shuningdek