Banklar va moliya

Markaziy bank uchta mikromoliya tashkilotini reyestrga kiritdi

Markaziy bankning bank nazorati qo‘mitasi navbatdagi qarorlarni qabul qildi
Mikromoliya tashkilotlarida muammoli kreditlar ulushi oshmoqda. Foto: depositphotos.com

Markaziy bankning bank nazorati qo‘mitasi mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beruvchi navbatdagi qarorlarni qabul qildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, quyidagi MChJlar mikromoliya tashkilotlari reyestriga kiritildi:

  • Fincom Invest mikromoliya tashkiloti;
  • Vafo moliya;
  • Qanot Finans mikromoliya tashkiloti.

Endilikda ushbu kompaniyalar mikromoliya faoliyatini amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.

Avvalroq O‘zbekistonda mikromoliya tashkilotlariga islomiy moliya xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berilgandi. Yangi tartibga ko‘ra, tashkilotlar faoliyatida zaxira fondlarini shakllantirish, aktivlar sifatini baholash hamda umidsiz qarzlarni hisobdan chiqarish tartiblari aniq belgilandi. Shuningdek, ularning kapital yetarliligi jami xususiy kapitalning jami aktivlarga nisbati orqali hisoblanadi va bu koeffitsiyent 10 foizdan kam bo‘lmasligi shart etib belgilandi.