Yangiliklar

Mudofaa vazirligida Call-markazi faoliyatini boshladi

1530 qisqa raqami orqali
Kollaj: Mudafaa vazirligi

Mudofaa vazirligi aholiga yanada qulay va tezkor xizmat ko‘rsatish maqsadida Call-markaz ishini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu tizim «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkor qabul qilish va ularni hal etish uchun mo‘ljallangan.

Call-markaz bilan 1530 qisqa raqami orqali bog‘lanish mumkin. Ushbu raqam orqali fuqarolar muddatli harbiy xizmat, safarbarlik chaqiruvlari, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, tibbiyot sohasiga oid masalalar hamda kadrlar va mudofaa xizmatlari bilan bog‘liq savollarga javob olishlari mumkin.

Vazirlikka ko‘ra, murojaat qilgan shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari, murojaat mazmuni va barcha tafsilotlar maxfiy saqlanadi. Barcha murojaatlar qonuniy tartibda ko‘rib chiqiladi. Korrupsiya yoki boshqa nojo‘ya holatlar haqida xabar bergan fuqarolarning ma’lumotlari himoya ostida bo‘ladi.

Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, yangi Call-markaz fuqarolarga va yuridik shaxslarga o‘z huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha aniq, qulay va tezkor axborot olish imkonini beradi. Shu orqali aholiga davlat organlari hamda mudofaa tizimiga oid masalalarda bevosita va ishonchli muloqot o‘rnatish imkoni yaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samarqandda Markaziy Osiyo mudofaa rahbarlari muloqot o‘tkazgani haqida yozgan edi.